Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar futboli: Terma jamoamiz Afrikaning o‘n bir karra chempioniga imkoniyatni boy berdi, ikkinchi o‘rindan umidvormiz
15:23 / 2021-02-22

Xabaringiz bor, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida tashkillashtirilgan “Festival Women’s Tropiy 2021” xalqaro turnirida ishtirok etyapti.

Ushbu turnirda to‘rt mamlakat terma jamoalari qatnashishi haqida yozgandik. Biroq ma’lum sabablarga ko‘ra Zambiya termasi Antaliyaga yetib kelmagan, tashkilotchilar bu terma jamoa o‘rniga shu yerda yig‘in o‘tkazayotgan Moskvaning SSKA ayollar jamoasining ishtirokiga ruxsat berishgan. Terma jamoamiz Ekvator Gvineyasini yirik – 5:0 hisobida mag‘lub etgan dastlabki turda SSKA Nigeriya termasidan 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

Turnirning ikkinchi turida futbolchilarimiz Nigeriya vakillariga qarshi maydonga tushishdi. 1991 yildan buyon Jahon chempionatining muntazam ishtirokchisi, Fransiyada 2019 yilda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining nimchorak finaliga qadar yetib borgan, ayollar futboli bo‘yicha jahon reytingida 37-pog‘onada turgan (o‘zbekistonliklar 41-o‘rinda) va Afrikaning 11 karra chempioni hisoblangan nigeriyaliklar bilan o‘tgan bahs kutilganidek qiziqarli kechdi.

Xalqaro tajribaga ega Afrika jamoasiga qarshi futbolchilarimiz maydonning har bir chizig‘ida kurash olib bordi va munosib o‘yin namoyish etdi. Biroq ikkinchi bo‘lim avvalida raqib hujumchisi yo‘llagan zarba darvozamiz to‘ridan joy oldi. O‘yinning qolgan vaqtida hamyurtlarimiz bor e’tiborini hujum chizig‘iga qaratdi. Futbolchilarimizda hisobni tenglashtirish uchun bir qancha qulay vaziyatlar yuzaga keldi, biroq ularga omad yetishmadi. Natijada Bahrom Norsafarov shogirdlari kuchli raqibga kichik – 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.

NIGERIYA — O‘ZBEKISTON — 1:0 (0:0)

Gol: Xalimatu Aynde (49).

O‘zbekiston: Laylo Tilalova, Laylo Shodiyeva, Maftuna Shoimova, O‘g‘iloy Ilasheva (Yulduz Hamdamova, 70), Lianna Narbekova (Zuhra Abdurahimova, 67), Nozima Kamoltoyeva (Dildora Nozimova, 23, Dildora Ergasheva, 60), Kamila Zaripova, Umida Zoirova, Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Diyora Xabibullayeva.

Zaxirada: Maftuna Jonimqulova, Dilrabo Asadova, Yulduz Nabiyeva, Moxira Jo‘raboyeva, E’zoza Sharipova, Nilufar Dadajonova, Madina Vohidova.

Ekvator Gvineyasi – SSKA – 0:2

Xalqro turnirning so‘nggi turida O‘zbekiston termasi SSKA, Nigeriya esa Ekvator Gvineyasi bilan kuch sinashadi. Ko‘rinib turibdiki, yurtdoshlarimiz turnirning kumush medallari uchun kurash olib boradi.