Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar futboli. Qizlarimiz yevropaliklarni mag‘lub etishdi
16:03 / 2022-02-17

Xabaringiz bor, O‘zbekiston ayollar terma jamoasida yaponiyalik Midori Xonda bosh murabbiy sifatida ish boshladi.

Xorijlik mutaxassis futbolimiz va sportimiz mutasaddilari bilan uchrashdi, muzokaralar, muloqotlar olib bordi. Yakunda 2023 yilning oxiriga qadar O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borishi hal bo‘ldi.

Fevral oyining birinchi o‘n kunligida yaponiyalik murabbiy o‘zining yangi termadagi ilk yig‘inini tashkil etdi. Unda bosqichma-bosqich 40 nafarga yaqin termaga nomzod futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazdi. Yig‘indan keyingi 5-6 kunlik dam olishdan so‘ng avvalgi yig‘indan saralab olingan 24 nafar futbolchi yana Toshkentda to‘plandi va Turkiya safariga otlandi.

Terma jamoamiz ayni paytda mazkur mamlakatning Alaniya shahrida 16-23 fevral kunlari  tashkil etiladigan “Turkish Womenʼs Cup 2022” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda. Musobaqada oltita jamoa o‘zaro kuch sinashishyapti – Ukraina, O‘zbekiston, Venesuela, Bolgariya, Litva va Latviya. Qizlarimiz turnirning “A” guruhida Litva, Venesuela va Ukraina termalariga qarshi maydonga tushadi.

Kecha turnirning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda litvalik raqibalariga qarshi maydonga tushgan Midori Xonda shogirdlari 66-daqiqada Diyora Xabibullayevaning boshi bilan urgan goli hisobiga g‘alaba qozonishdi. Vakillarimiz 19 fevral kuni Ukraina, 22 fevralda esa Venesuala termasi bilan kuch sinashadi.

Midori Xonda mazkur turnirga quyidagi futbolchilarni jalb etgan:

Darvozabonlar

Laylo Tilovova, Maftuna Jonimqulova (ikkalasi ham “Sevinch”dan), Nigora O‘zganova (“So‘g‘diyona”)

Himoyachilar

O‘g‘iloy Qo‘chqarova, Tanzila Zarbiyeva, Nozima Kamoltoyeva  (barchasi “So‘g‘diyona”dan), Yulduz Nabiyeva (“Bunyodkor”), Maftuna Shoyimova (“Sevinch”), Shohida Tojiddinova (AGMK), Muxlisa Mirzayorova (“Metallurg”), Soliha Husniddinova (“Kojayeli Bayan” Turkiya),

Yarim himoyachilar

Iroda Turdaliyeva, Maftuna Panjiyeva, E’zoza Sharipova (barchasi “So‘g‘diyona”dan), Madina Vohidova (“Qizilqum”), Umida Zoirova, Ilvina Ablyakimova (ikkalasi ham “Bunyodkor”dan), Shahrizoda Zayniddinova (“Trobzonspor” Turkiya)

Hujumchilar

Nilufar Qudratova, Maxliyo Sariqova (ikkalasi ham “Sevinch”dan), Aziza Norboyeva (“Bunyodkor”), Diyora Xabibullayeva (“So‘g‘diyona”), Setora Takaboyeva, Kamila Zaripova (ikkalasi ham “Trobzonspor”dan, Turkiya).

 

Oybek YUNUSOV, O‘zA