Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AYoLLAR FUTBOLI: Qizlarimiz xalqaro turnirning finalida
12:37 / 2019-09-11

Muhimi, futbolchilarimiz uchta o‘yinda bitta ham to‘p o‘tkazib yuborishmadi


Muhimi, futbolchilarimiz uchta o‘yinda bitta ham to‘p o‘tkazib yuborishmadi

Qo‘shni Qirg‘izistonning Qorako‘l shahrida o‘tkazilayotgan “Umid kubogi-2019” xalqaro musobaqasida qatnashayotgan Bahrom Norsafarov ustozligidagi terma jamoamiz final ishtirokchisiga aylandi. 

Futbolchi qizlarimizning Tojikiston termasini yirik – 12:0, 
Nepal davlati termasini 2:0 hisobida dog‘da qoldirganligi haqida yuzgandik. Termamiz guruhdagi so‘nggi o‘yinini maydon egalariga qarshi o‘tkazishdi. Tarkibi asosan 20 yoshlik qizlardan tashkil topgan jamoa ikki yildirki aynan shu tarkib bilan harakat qilib kelmoqda. Tabiiyki, futbolchilarning tajriba va mahorati ancha toblangan. Shunday bo‘lsada¸hamyurtlarimiz o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini isbotlashdi. Vaholanki, Bahrom Norsafarov bu o‘yinga asosiy tarkibning yetakchilari - Solixa Xusnuddinova, Tanzilya Zarbieva, Rushaniya Safina, Umida Zoirova, Laylo Tilalova, Lyudmila Karachik, Komilы Zaripovaga dam bergandi. Shunga qaramay terma jamoamiz a’zolari mezbonlarni ayab o‘tirishmadi – 9:0 hisobdagi yirik natijani qayd etishdi. To‘plarga Diyoraxon Xabibullaeva (27, 30, 37), Nilufar Qudratova (34, 72), Sitora Taqaboeva (52), Lianna Norbekova (59) va Dildora Nozimova (63, 76) mualliflik qilishdi. Musobaqaning hal qiluvchi final o‘yinini ertaga Nepal termasiga qarshi o‘tkazishadi. 

Musobaqada qayd etilgan natijalar:

8 sentabr
Tojikiston – O‘zbekiston - 0:12
Qirg‘iziston–Nepal-2:8

9 sentabr
O‘zbekiston – Nepal - 2:0
Tojikiston–Qirg‘iziston-2:1

10 sentabr
Nepal – Tojikiston - 1:0
Qirg‘iziston – O‘zbekiston - 0:9

12 sentabr
3-o‘rin uchun: Tojikiston - Qirg‘iziston
Final: O‘zbekiston – Nepal.