Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar futboli: O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreyaga yutqazdi
09:45 / 2026-03-03

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliyada o‘tayotgan Osiyo kubogidagi ilk uchrashuvida maydonga tushdi.

Hamyurtlarimiz dastlabki bahsda Shimoliy Koreya vakillariga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi navbatdagi o‘yini 6-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtlarimiz Xitoy jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi. Terma jamoamiz guruhdagi so‘nggi o‘yinni 8-mart kuni o‘tkazadi. Unda futbolchi qizlarimiz Bangladesh termasiga qarshi harakatlanadi.  

Aytish lozim, 21-martga qadar davom etadigan Osiyo kubogi bahslarida 12 ta terma jamoa uch guruhga bo‘lingan holda raqobatlashmoqda.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “B” guruhidan o‘rin olgan. Vakillarimiz Shimoliy Koreya, Xitoy va Bangladesh termalariga qarshi kuch sinashadi.

Shuningdek, Osiyo kubogining "A" guruhida Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron, Filippin, "C" guruhida Yaponiya, Vetnam, Hindiston va Xitoy Taypeyi termalari g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA