Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AYOLLAR FUTBOLI: Oʻzbekiston Kubogining yarim finalchilari maʼlum
15:12 / 2018-11-02

Yarim finalning markaziy oʻyini “Sevinch” va “Metallurg” jamoalari oʻrtasida kechadi.


Yarim finalning markaziy oʻyini “Sevinch” va “Metallurg” jamoalari oʻrtasida kechadi.

Ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi musobaqasining chorak final javob uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Unda eng qiziqarli va murosasiz oʻyin AGMK va “Metallurg” jamoalari oʻrtasida kuzatildi. Bekobodda oʻtgan dastlabki bahsda ham hisob teng boʻlgandi – 1:1. Olmaliqdagisi ham huddi shu natija bilan yakunlandi. Gʻolibni aniqlash uchun belgilangan 30 daqiqalik qoʻshimcha vaqtda ham hisob oʻzgarmadi. Penaltilar bahsida omad tajribali oʻyinchilari koʻpchilikni tashkil etgan bekobodliklarga kulib boqdi.

Qolgan oʻyinlarda oldindan kutilgan natijalar kuzatildi.

Chorak finalning natijalari:

AGMK – “Metallurg” – 1:1. (Pen.boʻy. 1:4)

“Sevinch” – “Neftchi” – 9:0

“Paxtakor” – “Andijanka” – 1:0

“Dinamo” – “Soʻgʻdiyona” – 0:12.

Kecha OʻFAda yarim final oʻyinlari uchun qurʼa tashlandi. Unda jamoalar quyidagi tartibda kuch-sinashadigan boʻlishdi:

“Soʻgʻdiyona” – “Paxtakor”

“Sevinch” – “Metallurg”

Dastlabki uchrashuvlar 15-noyabrga, javob bahslari esa 18-noyabrga belgilangan.
Oʻzbekiston Kubogining final oʻyini 30-noyabr kuni Olmaliqning AGMK stadionida tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda.