English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar futboli. Besh o‘yindan to‘rttasida yirik natijalar qayd etildi
20:03 / 2021-06-23

Ayollar futboli bo‘yicha mamlakat chempionatining 10-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan beshta uchrashuvning to‘rttasida yirik natijalar qayd etildi. Navoiyda «Qizilqum» «Bunyodkor» jamoasini qabul qildi. Aslida aynan shu o‘yinda yirik natija yuz berishi kutilgandi. Sababi ayon – navoiyliklar ayni paytda atigi to‘rt ochko bilan autsayder bo‘lib turibdi. Buning ustiga birinchi davradan keyin Amina Shodiyeva, Laylo Tasheva, Aziza Davlatova kabi tajribali futbolchilar jamoani tark etishdi.

Birinchi bo‘limda kutilganidek «qaldirg‘ochlar» mezbonlar darvozasiga to‘rtta gol urishdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar o‘yinida jonlanish sezildi. Hattoki raqibiga qarshi «pressing» qo‘llab ham ko‘rdi. Bu esa natijada ham o‘z aksini topdi – ikkinchi bo‘limda bor-yo‘g‘i bitta to‘p o‘tkazib yuborishdi, o‘zlarida yuzaga kelgan xavfli vaziyatlardan esa foydalana olishmadi. Mazkur turda kutilmagan hisob deya AGMKning «Paxtakor»ga imkoniyatni boy berganini aytish mumkin. Vaholanki, birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra olmaliqliklar hisobda oldinda borishayotgandi. «Sevinch», «So‘g‘diyona» hatto «Lokomotiv»ning «Buxoro» ustidan g‘alaba qozonishiga esa birov shubha qilmayotgandi...

Ayollar Oliy ligasi. 10-tur

22 iyun, seshanba

QIZILQUM – BUNYODKOR – 0:5 (0:4)

Navoiy. «Yoshlik» stadioni. 85 tomoshabin.

Gollar: Lyudmila Karachik (3), Dildora Nozimova (12, 27), Nazima Ergasheva (23), Saida Galmova (90)

PAXTAKOR – AGMK – 3:2 (1:2)

Toshkent. «Chilonzor» stadioni. 42 tomoshabin.

Gollar: Zumrad Nazarova (3, 49), Madina Vohidova (77) – Maftuna Panjiyeva (12), Mardona Almatova (43)

NAVBAHOR – SEVINCH – 0:4 (0:1)

Namangan. «Futbol mahorat maktabi» akademiyasi maydoni. 85 tomoshabin.

Gollar: Feruza Boboxo‘jayeva (25), Maftuna Shoimova, 52, 87), Nilufar Qudratova (90+4)

LOKOMOTIV – BUXORO – 4:1 (1:0)

Toshkent. TTYMI stadioni. 21 tomoshabin.

Gollar: Fazilat Bahromova (33), Dildora Ergasheva (51), Jesika Kruchinina (61), Jasmina Abdug‘aniyeva (82) – Shaxzoda Rashidova (54)

SO‘G‘DIYONA – METALLURG – 6:0 (4:0)

Jizzax. «So‘g‘diyona» klubi qarorgohi maydoni. 45 tomoshabin.

Gollar: Alberta Ahialey (6), Zarina Mamatkarimova (12), Diyora Xabibullayeva (21, 39), Fuseina Mumuni (47), Maxliyo Nazarqulova (88).

10-turdan keyin «So‘g‘diyona» jamoasi 28 ochko bilan karvonboshilik qilyapti. «Bunyodkor» 26 ochko bilan ikkinchi, «Sevinch» 22 ochko bilan uchinchi pog‘onani egallab turibdi. Kuchli oltilikdagi jamoalar - AGMK (16 ochko), «Metallurg» (13 ochko), «Navbahor» (10 ochko). «Paxtakor» va «Lokomotiv» 8 ochkodan 7 va 8-o‘rinlarda borishyapti, «Buxoro» 6 ochko bilan 9-o‘rinni band etgan. Autsayder «Qizilqum»da atigi to‘rt ochko bor.

To‘purarlar bahsida «So‘g‘diyona» vakilasi Diyora Xabibullayeva 18ta gol bilan yetkachilik qilyapti. «Bunyodkor» hujumchisi Dildora Nozimovaning gollari 16 tani tashkil etyapti. Lyudmila Karachik («Bunyodkor») va Mumuni Fuseina («So‘g‘diyona») hisobida 13 tadan gol bor.

Chempionatning 11-turi 27 iyunga belgilangan.

Oybek YUNUSOV, O‘zA