Xabaringiz bor, Ilhom Xanjariyev bosh murabbiyligidagi yoshlar (U-20) terma jamoamiz Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida 20 yosh toifasidagi ayollar o‘rtasidagi CAFA-2021 xalqaro turnirida ishtirok etdi.
Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston termalari ustidan g‘alaba qozongan va faqat eronliklar bilan durang o‘ynagan qizlarimiz turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritishdi. Jasmina Abdug‘aniyeva raqiblar darvozasini yetti bor nishonga olgan holda musobaqa to‘purari bo‘ldi va maxsus sovrin bilan taqdirlandi.
Hamyurtlarimiz qayd etgan natijalar:
1-tur. 11 iyun
O‘zbekiston – Afg‘oniston – 7:0
Gollar: Sabrina Oktyabreva (24, 55), Zarina Mamatkarimova (30), Gulchiroy Ibrohimova (32), Tojiniso Rashidova (41), Leyla Rustullayeva (57), Albina Boboqulova (67)
2-tur. 12 iyun
O‘zbekiston– Qirg‘iziston – 3:1
Gollar: Jasmina Abdug‘aniyeva (22, 71), Leyla Rustullayeva (51)
3-tur. 15 iyun
O‘zbekiston – Yeron – 2:2
Gollar: Zarina Mamatkarimova (30, 47)
4-tur. 17 iyun
Tojikiston – O‘zbekiston – 1:7
Gollar: Umida Xotamova (3), Jasmina Abdug‘aniyeva (13, 27), Leyla Rustullayeva (37), Shahrizoda Zaynitdinova (45+1, 47), Tojiniso Rashidova (63).
Mazkur muvaffaqiyat 2022 yili bo‘lib o‘tadigan 20 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslariga o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajardi.
Oybek YUNUSOV, O‘zA