Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AYOLLAR FUTBOLI: 16 va 19 yoshli qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi
18:24 / 2018-05-30

Bugun OFK qarorgohi joylashgan Kuala Lumpur shahrida 16 (U-16) va 19 (U-19) yoshli qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqich o‘yinlariga qur’a tashlandi.

Bugun OFK qarorgohi joylashgan Kuala Lumpur shahrida 16 (U-16) va 19 (U-19) yoshli qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqich o‘yinlariga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra, 16 yoshli qizlarimiz “A” guruhida Xitoy, Iordaniya, Guam hamda Shri-Lanka terma jamoalari bilan kuch sinashadi. O‘yinlar shu yilning 15 – 23-sentyabr sanalarida Shri-Lankaning poytaxti Kolombo shahrida bo‘lib o‘tadi.

19 yoshli qizlarimiz esa “S” guruhida Qirg‘iziston, BAA, Guam hamda Maldiv orollari terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi. Saralash o‘yinlari shu yilning 20 – 29-oktyabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida tashkillashtirilishi rejalashtirilgan.

16 yoshli qizlardan tarkib topgan terma jamoamizga mamlakat ayollar chempionatining AGMK jamoasi bosh murbbiiyi Ilhom Xanjariyev ustozlik qilsa, 19 yoshlilar termasini “Navbahor” ayollar jamoasi bosh murabbiyi Karima Yo‘ldosheva boshqaradi. Har ikkalasining ham bu borada tajribasi katta. Karima va Ilhom avvalgi yili 16 yoshli qizlarimizga ustoz sifatida Osiyo chempionati saralash o‘yinlarida qatnashgan, Vyetnamda o‘tgan musobaqada guruhda Avstraliyaga imkoniyatni boy bergan va ortga qaytgan edi. O‘shanda 16 yoshlilar tarkibini tashkil etgan qizlar bu safar 19 yoshlilar bo‘lib maydonga tushadi, bosh murabbiy esa o‘sha-o‘sha Karima Yo‘ldosheva. Yo‘ldoshevaga yordam bergan Ilhom Xanjariyev bu safar mustaqil ish olib boradi. O‘tgan gal 19 yoshlilar termasini tashkil etgan qizlarimiz hozir ancha ulg‘ayishgan va ular endi Olimpiya termasi safida maydonga tushishadi. Ushbu yosh toifasining avvalgi murabbiysi Bahrom Norsafarov bundan keyin Olimpiya va Milliy terma jamoalarni boshqarish vazifasini olgan.

photo5221951140218906834.jpg

Qur’a natijalari bilan tanishing:

U-16. 

“A” guruhi: Xitoy, O‘zbekiston, Iordaniya, Guam, Shri-Lanka.

“V” guruhi: Laos, Hindiston, Gonk-Kong, Pokiston, Mo‘g‘uliston.

“S” guruhi: Tailand, Eron, Shimoliy Mariana orollari, Singapur, Tojikiston.

“D” guruhi: Avstraliya, Xitoy Taypeyi, Qirg‘iziston, Falastin, Indoneziya.

“Ye” guruhi: Filippin, Myanma, Malayziya, Nepal, Suriya.

“F” guruhi: Bangladesh, Vyetnam, BAA, Bahrayn, Livan.

U-19.

“A” guruhi: Avstraliya, Gonk Kong, Afg‘oniston, Livan, Mo‘g‘uliston.

“V” guruhi: Tailand, Hindiston, Pokiston, Nepal, Singapur.

“S” guruhi: O‘zbekiston, Qirg‘iziston, BAA, Guam, Maldiv orollari.

“D” guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy Taypeyi, Tojikiston, Bangladesh.

“Ye” guruhi: Vyetnam, Iordaniya, Shimoliy Mariana orollari, Malayziya.

“F” guruhi: Myanma, Eron, Falastin, Laos.

Har ikkala toifadagi musobaqada ham guruh g‘oliblari va guruhlarda eng yaxshi natija qayd etgan ikkita ikkinchi o‘rin egalari kelasi yili o‘tadigan qit’a chempionatining final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Oybek Yunusov