Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayollar daftari”ga kiritilgan Saodat Sa’dullayeva tadbirkorga aylandi
15:29 / 2021-07-27

Buxoroning “Ayollar daftari”ga kiritilgan Saodat Sa’dullayeva bugun faol tadbirkor ayollaridan biriga aylangan. U “Saodatxon” MCHJ kichik korxonasini tao‘kil etganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.

Ushbu ishlab chiqarish sub’ektini tashkil etishda esa “Xalq banki” ning viloyat filialidan ajratilgan 30 million so‘mlik kredit asqotdi. Ushbu mablag‘ hisobidan sotib olingan 2 ta yangi konstruksiyali konteynerda bugungi kunda jami 6 ta ish o‘rni yaratilgan. Zamonaviy shoxobchaning birida tikuvchilik sexi tashkil etilgan bo‘lib, ikkinchisida “Go‘zallik saloni” o‘z faoliyatini boshlab yuborgan.

– Anchadan beri uyda ishsiz o‘tirib qolgan edim, – deydi tikuvchilikda ozmi-ko‘pmi tajribaga ega bo‘lgan mahalliy ayollardan biri Salomat Sa’dullayeva. – Ro‘zg‘orimizga qut-baraka kiradigan bo‘ldi.

Tikuv sexida ham, “Go‘zallik saloni”da ham ustoz-shogird an’anasi asosida ishlar olib borilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha chevar tikuvchilar tomonidan har kuni 10 dan ziyod choyshab, yostiq jildlari buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda. Bu yerda bir-biridan bejirim va did bilan tikilgan ayollar ko‘ylaklari uchun ham buyurtmalar qabul qilinmoqda.

bugungi kunda “Ayollar daftari”dan chiqarilgan Inobat Rasulova, Zarina Hamroyeva va boshqa bir qator xotin-qizlar ham o‘z kelajaklarini samarali va halol mehnatda, jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishda deb bilishmoqda. Ularning hayotda o‘z o‘rnini topib olishlari uchun yurtimizda barcha sharoitlar mavjud.

Buxoro shahridagi “Saodatxon” MCHJda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi viloyat Kengashi a’zolari, Ayollar qanoti va partiya viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim markazi, boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida ana shular xususida so‘z yuritildi.

Partiya viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Bobomurod Ochilov tomonidan o‘z faoliyatini partiya safida turib davom ettirish istagida bo‘lgan bir guruh ayollarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

Zarif Komilov, O‘zA