Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayollar daftari” – qo‘llab-quvvatlashga asos
09:27 / 2022-07-07

Yurtimizda xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, davlatimiz rahbarining xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, “Ayollar daftari” joriy etilgani ijobiy samarasini bermoqda.

– Yil boshida mahalla fuqarolar yig‘inlarida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan xatlov o‘tkazilib, unga ko‘ra, Uchquduq tumanida 285 nafar muammoli va ehtiëjmand xotin-qiz borligi aniqlandi, – deydi tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nafisa Najmiddinova. – bugungi kunda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga 6 toifa bo‘yicha alohida manzilli ërdam ko‘rsatilmoqda.

Ayni paytda xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini egallashlarida ko‘maklashish maqsadida amaliy ishlar qilinmoqda.  

Jumladan, tuman sektorlari rahbarlari tashabbusi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan, ehtiyojmand 16 nafar xotin-qizga 82 million so‘m miqdorida subsidiya asosida tikuv mashinalari, dazmol va dazmol stoli, pishiriqlar uchun mini pechlar olib berildi.

– O‘zim 8 yildan beri tikuvchilik qilaman, lekin ko‘p chokli zamonaviy tikuv mashinam bo‘lmagan, shunday bo‘lsa-da, oilamdagilarga, qizlarimga, qo‘ni-qo‘shnilarga liboslar tikib berardim, – deydi “Navoiy” mahallasida istiqomat qiluvchi Guljamol Islomova. – Bugun esa menga ham zamonaviy tikuv mashinasi berildi. Endi usta tikuvchiga shogird tushib, bilmaganlarimni o‘rganaman. Kostyum, palto singari yoqali kiyimlarni tikish sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirishni maqsad qilganman.

Bugun xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda mehnat qilib, ham oilada ham jamiyatda faol. Ularning og‘irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini ta’minlash esa davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan.

A.Bo‘riyev, O‘zA