Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayollar daftari”: kredit berilib, bandligi ta’minlanadi
11:22 / 2022-02-11

Buxoro viloyatida Ayollar daftari 3-bosqichi bo‘yicha hududlarda olib borilayotgan xatlov jarayonlariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

“ZOOM» platformasi orqali o‘tkazilgan tadbirda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi va uy-joyga ehtiyoji bo‘lgan xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi.

Unda AT «Xalq banki» Buxoro viloyati filiali va Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari, shahar va tumanlar hokimlari maslahatchilari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi mutaxassislari qatnashdi.

Mutaxassislar tomonidan «Har bir oila tadbirkor» oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida joriy yilda ajratilishi rejalashtirilgan kredit resurslari reja-prognozi tahlil qilindi. Unga ko‘ra, viloyat kesimida 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1 million 924 ming 245 nafar aholi uchun jami 915 milliard so‘m miqdorida kredit ajratilishi va natijada o‘rtacha har bir mahallaga 1 milliard 682 million so‘m miqdorida 25 ming 830 nafar band bo‘ladigan aholini issiqxona, naslli qoramol, qo‘ychilik, echkichilik, quyonchilik, kurkachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, tikuvchilik, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish va hunarmandchilik kabi sohalarda qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgani qayd etildi.

Mutasaddilar tomonidan aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga doir ajratilgan subsidiya imtiyozlaridan foydalanish tartib va mezonlari batafsil tushuntirildi.

Zarif Komilov, O‘zA