French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Ayollar daftari» – imkoniyatlar manbai
14:15 / 2025-07-24

Keyingi yillarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatishning mukammal tizimi yaratildi.

Bu tizim xotin-qizlarning muammolarini mahallalarda xonadonma-xonadon yurib o‘rganish, ularning har birini batafsil tahlil etish, dolzarb masalalarga tegishli tashkilotlar hamkorligida yechim topish imkonini bermoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan asos solingan ushbu tizim xalqni rozi qilish, oilalar farovonligini ta’minlash, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etishda yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.  

“Ayollar daftari” haqida gap ketganda, ushbu ijtimoiy loyihani  ehtiyojdan keng imkoniyat sari yo‘l, deb atasak sira mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur tizimning yo‘lga qo‘yilgani bugungi kunda xorijiy davlatlar tomonidan ham alohida e’tirof etilayotgani e’tiborga molik.  

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-2025 yilning 6 oyi davomida "Ayollar daftari"ga 5 million 178 ming 206 nafar xotin-qiz kiritilib, ulardan 4 million 280 ming 381 nafariga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.  

Jumladan, mazkur ijtimoiy loyihaning 1-bosqichida 430 ming 275 nafar xotin-qiz, 2-bosqichda 450 ming 870 nafar opa-singillarimiz, 3-bosqichda 641 ming 816 nafar xotin-qiz, 4-bosqichda 993 ming 807 nafar ayol-qiz, 5- bosqichda 995 ming 239 nafar xotin-qizga tegishli tarzda moddiy ko‘mak yo‘natirilgan.  

Loyihaning 6-bosqichi, ya’ni 2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra 643 ming  723 nafar xotin-qizlarga tegishli yordamlar ko‘rsatildi.

2025 yilda “Ayollar daftari”ning oltinchi bosqichi doirasida kamida 1 million 22 ming 476 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga amaliy yordamlar ko‘rsatilishi belgilangan.

Joriy yilda ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilandi. Ularning ro‘yxatini shakllantirish va yordam ko‘rsatishda shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borildi.  

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10 dekabrdagi 833-sonli qaroriga muvofiq, “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimiga o‘zgartirish kiritildi. Mazkur hujjatga asosan, yanvar oyida “mahalla yettiligi” ishchi guruhlari bilan birgalikda uyma-uy yurish orqali respublika bo‘yicha 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 7 million 638  ming 646 ming nafar xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, har bir ayolning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va turmush sharoiti o‘rganildi.  

Joriy yilda “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga respublika bo‘yicha 1 million 22  ming  476 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, bugunga qadar 763 ming 779 nafariga (74,7%) amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

1-toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar 634 ming 899 nafarni tashkil etadi va bugunga qadar 518 ming 306 nafar (82%) xotin-qizning bandligi ta’minlandi.  

2-toifa – tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand 33 ming  703 nafar xotin-qizga imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilanib, bugunga qadar 21 ming 142 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashildi.

3-toifa – boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand 129 ming 996 nafar xotin-qizga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan bo‘lib, bugunga qadar 87 ming 618 nafar xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatildi. 363 nafar xotin-qizning uy-joylari ta’mirlandi.

4-toifaga kiritilgan ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand 162 ming 431 nafar xotin-qizlardan 90 ming 138 nafariga ham bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Ushbu toifadagi uy-joyi ta’mirga muhtoj 139 nafar xotin-qizning uy-joyini ta’mirlashga ko‘maklashiladi.

5-toifa – uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning 4 ming  322 nafaridan 1 ming 771 nafariga (41%) amaliy yordam berildi. Ijara kompensatsiyasi to‘lab beriladigan 4 ming 60 nafar ehtiyojmand xotin-qizlardan, bugunga qadar 1 ming 672 nafariga (41%) ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi.

6-toifaga mansub qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar 57 ming 125 nafar bo‘lib, ulardan 44  ming 804 nafariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.  

Shuningdek, bu toifadagi 1 ming 140 nafar ayollardan 849 nafariga  tomorqadan unumli foydalanishi uchun yordam berildi.

Albatta, keltirilgan ushbu raqamlar ortida ming-minglab xotin-qizlarning taqdiri, ularning necha yillar davomida ro‘yobga chiqqan orzulari, ezgu niyatlarining ijobati mujassamdir.  

Nazokat Usmonova,

O‘zA muxbiri