Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayollar daftari”: ehtiyojmand xotin- qizlar uchun g‘amxo‘rlik namunasi
14:22 / 2026-02-15

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish uchun “Ayollar daftari” tizimining 7-bosqichini boshlash va samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tuman hokimi Bahodir Shukurov, Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari Shavkat Qodirov, viloyat kasaba uyushmalari kengashi raisi o‘rinbosari Qobil Bobolov, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Intizor Yaxshiyeva hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning munosib turmush kechirishi uchun barcha sharoit yaratilayotgani alohida qayd etildi. 

Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlab, bartaraf etish va nazoratini olib borish maqsadida joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimi ham bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

“Ayollar daftari”ga o‘ttiz yoshdan oshgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlar, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan hamda tezkor tibbiy muolajaga yoki uy-joyga muhtoj fuqarolarni kiritish, ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari va ro‘yxatdan chiqarish tartib-taomillari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. 

Elektron platforma orqali ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritish, monitoring hamda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob qaytarildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA