Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayollar daftari” — bir tuman misolida...
20:25 / 2021-10-21

Ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va kasb o‘rganishi uchun sharoit yaratish, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha hayotga tatbiq qilingan «Ayollar daftari» parkentlik nozik jins vakillari turmushida ham o‘zgarishlar yasamoqda.

Xususan, mazkur tumanda yashovchi Nilufar Samatova boquvchisini yo‘qotgach, moddiy tomondan qiynalib qoladi. Shu sabab «Ayollar daftari»ga kiritiladi. Shundan so‘ng uning turmush sharoiti yaxshi tomonga o‘zgardi. Qizi esa imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinib, hozirda o‘qishni boshlab yuborgan.

Parkentlik Umrinisa Rajabboyeva esa «Ayollar daftari»ga kiritilganidan so‘ng imtiyozli kredit olishga muvaffaq bo‘ldi. Endilikda u ayollar uchun sport majmuasi ochib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Xuddi shu tumanda yashovchi Gulnora Ismatova, afsuski, dard sabab to‘shakka mixlanib qoldi. Oqibatda u ham «Ayollar daftari»ga kiritiladi. Shundan so‘ng ayolga salomatligini tiklashi uchun davlat tomonidan moddiy yordam berildi. Hozirda ayolning sog‘lig‘i ancha yaxshi...

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yOiPN0MijEU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Yana bir Parkent ayoli Dilfuza Ergashevaning muammosi ishsizlik edi. «Ayollar daftari»ga kiritilgach, tadbirkorlik qila boshladi. Ayni kunda Dilfuza nafaqat o‘zini, balki boshqa ayollarni ham kichik tikuv sexida ish bilan ta’minlagan.

Umida Sayfiyeva uchun esa hayotni boshqalarday tiniq ko‘rish armon edi go‘yo: ko‘zida muammosi bor edi. Buni qarangki, «Ayollar daftari» sabab xira ko‘zi ravshan tortdi: ko‘zidagi muammoni bartaraf etish uchun pul ajratildi.

Xuddi shu tumanda istiqomat qiluvchi Ma’mura Mirzaboyeva ayni damda ayollar ko‘ylaklari, ko‘rpa-to‘shak tikadi. Aytishicha, topgan daromadi ro‘zg‘orini binoyiday qilib turibdi.

«Ayollar daftari»ga kiritilgach, unga imtiyozli kredit ajratilib, tikuv dastgohlari sotib olgan. U kelajakda tadbirkorligini yanada kengaytirish niyatida.

Yuqoridagi misollardan ko‘rinyaptiki, «Ayollar daftari» bejiz hayotga tatbiq qilinmagan ekan. Buni birgina tuman misolida ham anglab yetish mumkin...

Maftuna KARIMOVA, O‘zA