Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Ayollar biznesiga birinchi qadam» va «Bo‘lajak olim» tanlovida ishtirok etish tartibi qanday?
17:08 / 2022-08-15

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan e’lon qilingan «Ayollar biznesiga birinchi qadam» va «Bo‘lajak olim» tanlovlari iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish hamda ularning ilmiy ijodiy g‘oyalari, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning muammolari yechimiga qaratilgan ilmiy g‘oyalar, ilmiy va startap loyihalar qabul qilindi.

NATIJALAR QANDAY KECHDI?

«Bo‘lajak olim» tanloviga 197 ta hujjat kelib tushdi va ulardan 20 tasi 2-bosqichga o‘tdi. «Ayollar biznesiga birinchi qadam» tanloviga esa 168 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 24 tasi 2-bosqichga yo‘llanma oldi. Shunday qilib, tanlovning 1-bosqich natijalariga ko‘ra, 44 nafar yoshlar tanlovlarning 2-bosqichiga muvaffaqiyatli o‘tdi.

2-bosqichda tanlov ishtirokchilari o‘z ilmiy g‘oyalarining taqdimotini o‘tkazishlari talab etiladi. Ilmiy g‘oya jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilganligi, talab etiladigan mablag‘larning aniq va asoslangan hisob-kitob qilinganligi, amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilganligi kabi mezonlarga asoslanib baholanadi.

Tanlovni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarorida belgilab qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, yosh olim ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi va ish joyidan qat’i nazar, 40 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA