Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayollar bilan yuzma yuz”
11:28 / 2022-03-02

Taxtako‘pir tumanida O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va tuman Kengashi tomonidan “Ayollar bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazildi.

Partiya a’zolari ishtirok etgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan yuzma-yuz, yaqindan suhbat qurish orqali muammolarini aniqlash, ularga yechim topish, joylarda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, ish bilan ta’minlanmagan ayollarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Ular bilan yakka tartibda, aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, manzilli qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga ko‘maklashishdan iborat.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi hamda Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari tuman tibbiyot birlashmasida ayollar bilan muloqot qilib, xotin-qizlar masalalariga oid qabul qilingan Qonun va qarorlar, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi. Shuningdek, tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan xotin-qizlarga tibbiy maslahatlar berildi.

Loyiha doirasida partiya kengashi mas’ullari va deputatlar “Taxtako‘pir” shaharcha fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Gulzor Babatovaning xonadonida bo‘lib, sharoiti bilan tanishdi. U kredit olib, bugungi kunda ustoz-shogird tamoyili asosida ko‘plab shogirdlar tayyorlab kelmoqda.

Tadbir ishtirokchilari tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tushlik berishda sanitariya qoidalariga rioya etilishi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Maktabdagi yosh o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida qatnashdi.

Tadbir davomida yangidan partiya safiga qabul qilinganlarga partiya guvohnomasi topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA