Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar basketbolida eng kuchli jamoalar aniqlandi
11:22 / 2025-12-16

2025 yilning so‘nggi dekabr oyi boshqa sport turlari qatorida ayollar basketboli bo‘yicha ham sarhisob davri bo‘lmoqda.

Kuni kecha Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati Oliy liga bahslarining so‘nggi tur o‘yinlari mamlakatning eng kuchli jamoalarini aniqlab bergani bilan yodda qoldi.

Yakuniy o‘yinlarda Jizzax davlat politexnika universitetining “Ziyokor” jamoasi “So‘g‘diyona” jamoasi ustidan 65:63 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, OKMK jamoasiga qarshi o‘yinda 59:78 hisobida mag‘lubiyatga uchrashi natijasida sovrindorlar qatoridan bir pog‘ona past, ya’ni 4-o‘rin bilan kifoyalandi.

Oliy liga o‘yinlarining yakunlariga ko‘ra, mamlakat chempionligi 32 ochko jamg‘argan OKMK jamoasiga nasib etdi. 2-o‘rinni 27 ochko jamg‘argan Farg‘ona davlat universiteti basketbolchi qizlari band etdi. Kuchli uchlikka 28 ochkoga ega bo‘lgan Nukus jamoasi yakun yasadi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy liga o‘yinlarida mamlakatimizning 10 ta ayollar basketbol jamoalari ishtirok etdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA