Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayollar anjumani
16:57 / 2024-02-20

Buxoroda “Yangi O‘zbekistonda ayollarning ilm-fan taraqqiyoti va innovatsion rivojlanish jarayonidagi o‘rni!” mavzusida respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda har jabhada faol, jamoat ishi, ilmiy tadqiqot bilan mashg‘ul ayollar vakillari, xotin-qizlar haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish idoralari mas’ullari qatnashdi. 

Konferensiya Respublika oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil qilindi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, munosib mehnat va turmush sharoitini yaratish, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jamiyatning ijtimoiy hayoti va davlat qurilishidagi ishtirokini yuksaltirish, liderlik, tashkilotchilik, tadbirkorlik qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida gapirdi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning tutgan o‘rni va mavqei, gender tenglikning dolzarb masalalari, jamiyatda ayollar mavqeini yanada oshirishga doir amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar haqida so‘z bordi. 

Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyatini olib borayotgan olima ayollarning erishayotgan yutuqlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri