“Ayol va Oy” she’riy kitobining taqdimoti o‘tkazildi (+video)
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobxon onalar kuni” ma’rifiy loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli adib va shoir, jurnalist, ustoz va murabbiy To‘lqin Eshbekning “Ayol va Oy” she’riy kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
E’tirof etilganidek, ona va ayol madhini tarannum etish har bir shoir uchun katta sharaf. Shoir To‘lqin Eshbek ushbu kitobida Yerni – erga, uning yo‘ldoshi Oyni – onaga va oila bekasiga qiyoslab, she’rlar bitgan. Ularning ibratli jihatlarini badiiy bo‘yoqlarda ifoda etib, muxlislarini onalarga mudom ehtirom ko‘rsatishga va oila bekalariga mehr-oqibatli bo‘lishga chorlaydi. Demak, bu to‘plam barcha onalar-u baxtiyor oila bekalariga she’riy-ma’rifiy tuhfadir. Kitob “Dunyo-nashr” nashriyotida chop etilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8rsHfe-tVtA" title="“Ayol va Oy” she’riy kitobining taqdimoti o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA