Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayol tinch bo‘lsa – oila tinch
17:41 / 2021-06-24

Buxoroda «Ayol tinch bo‘lsa – oila tinch, oila tinch bo‘lsa – yurt tinch!» shiori ostida xotin-qizlar jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat va tuman-shahar jamoatchilik kengashlari a’zolari, viloyatdagi 52 ta sektordagi namunali “Ayollar maslahat kengashlari” a’zolari va viloyatdagi faol xotin-qizlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Tanzila Norboyeva qatnashdi.  

Ta’kidlanishicha, viloyatda xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat. Shuningdek, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish borasida fikr bildirildi. Ularning turar joyga bo‘lgan muhtojligi borasida Davlat rahbari tomonidan ko‘plab xayrli ishlar qilinayotganligi e’tirof etildi. Xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlar doimiy nazoratda ekanligi ta’kidlandi.  

[gallery-2911]

Shuningdek, tuman-shaharlar jamoatchilik kengashlari, mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar, sektorlar tomonidan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va ularni bartaraf etish yechimlari muhokama qilinadi.

Kengash yig‘ilishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2021 yil 4 iyundagi “Ayollar maslahat kengashlari”ni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyatda xotin-qizlarning muammolarini eshitish va ularni yechishda jonbozlik ko‘rsatayotgan eng namunali va samarali faoliyat olib borayotgan Olot hamda G‘ijduvon tumanlaridagi “Ayollar maslahat kengashlari” taqdirlandi. Ularning har biriga 50 million so‘mlik sertifikatlar topshirildi.

Kengash yig‘ilishida Buxoro viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Botir Zaripov qatnashdi.  

 

 

Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA