Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayol. Tarix. Tamaddun” nomli tarixiy kitob-albomning taqdimoti o‘tkazildi
09:58 / 2025-11-18

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ayol. Tarix. Tamaddun” nomli tarixiy kitob-albomning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mukarram Nurmatova mamlakatimizda xotin-qizlarning ma’rifiy islohotlardagi faolligini oshirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.  

“Ayol. Tarix. Tamaddun” kitob-albomida yurtparvarlik, ma’rifat va ezgulik timsoli bo‘lgan ayollar siymosida tamaddunlarning davomiyligi yorqin aks etgan.

Yettita bo‘limdan iborat, o‘zbek va ingliz tilida chop etilgan mazkur kitob-albom o‘quvchilar e’tiborini o‘ziga jalb etmay qolmaydi.  

[gallery-26292]

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kitob-albomga asosan miloddan avvalgi VII asrdan boshlab XIX asrgacha bo‘lgan davrlarda yashab o‘tgan, manbalari yetarlicha o‘rganilmagan tarixiy ayollar, YUNESKO mandatlariga hamohang bo‘lgan O‘zbekistondagi ayollar qadamjolari haqidagi ma’lumotlar jamlangan.

Kitobning birinchi - "Avlodlarni ilhomlantiruvchi onalar" bo‘limida ayol zoti buyuklarni tarbiyalab, iqtidorini yuksaltirib, o‘zi ham buyuklik namunalariga aylana olgani, ayollar ilmiy-ma’rifiy va madaniy hayotning asosiy homiysi bo‘lib, dunyo sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgani ochib berilgan.

Ikkinchi – "Ayollar jasorati" bo‘limida onalik, qahramonlik, yurtparvarlik timsoli sifatidagi ayol obrazining qirralari ko‘rsatilgan.  

Uchinchi – "Muhtasham o‘zlik" bo‘limida salohiyat va iqtidori bilan davlatchilikda muhim o‘rin tutgan 37 nafar ajdod ayollarimiz haqida ma’lumotlar aks etgan. Ushbu bo‘limda massagetlar malikasi va sarkardasi, jasur ayol – To‘maris (Tomir xotun). Buxoro xonligini 15 yil boshqargan sarkarda ayol – Qabaj xotun, Amir Temurning rafiqasi, saroyda oliy yo‘lboshchi bo‘lgan – Saroymulkxonim (Bibixonim), Yevropa libos madaniyatiga “turk uslubi”ni olib kirgan turkiy malika – Chechak, buyuk shoira, davlat arbobi, Qo‘qon xonligini 20 yildan ortiq boshqarishda faol ishtirok etgan – Mohlaroyim (Nodirabegim), qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodining namoyandasi – Qanimgul kabi ayollarning kuchi, zakovati va jasorati haqida ma’lumotlar keltirilgan.  

To‘rtinchi – "Ehtirom: ayollar qadamjolari" bo‘limida O‘zbekiston zaminida joylashgan ayollar nomlari bilan bog‘liq 19 ta ziyoratgoh, madrasa va maqbaralar, vaqfiya ayollar tashabbusi va kapitali evaziga qurilgan inshootlar haqidagi ma’lumotlar aks etgan.  

Onasi uchun madrasa, qiz farzandi uchun shahar qurdirish, muqaddas manzil yoki ob’ektni ona, ayol nomi bilan atash tarixda kamdan-kam xalqlarda kuzatiladigan yuksak fazilat ekani e’tirof etilgan.

Ma’rifiy tadbirda onalarga bag‘ishlangan yangi kitob haqida batafsil ma’lumot berildi.  

Nazokat Usmonova,  

Rustam Nazarmatov (surat),

O‘zA