French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayol siyratida – bahor nafasi
08:30 / 2022-03-08

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston davlat san’at muzeyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan taniqli rassom Dilorom Mamedovaning “Ayol siyratida – bahor nafasi” nomli ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, taniqli rassom Dilorom Mamedova Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida rangtasvir yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. 1993 yildan buyon “Mustaqillik”, “Navro‘z”, “Tabiat va rassom” va “Bahorgi vernisaj” kabi qator ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok etib keladi. Bir necha yil ketma-ket shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etib, o‘zining 200 dan ortiq ijod namunasi bilan san’at ixlosmandlari olqishiga sazovor bo‘lgan.

[gallery-6057]

Rassom, shuningdek,  Xitoy, Belgiya, Rossiya, AQSH, Tailand, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda ham o‘z asarlarini namoyish etgan. Mamlakatimiz hamda Rossiya, Turkiya, Germaniya, AQSH, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Hindiston, Avstriya, Eron, Isroil, Quvayt davlatlari muzeylarida rassomning ijod namunalarini uchratish mumkin. 

Rassomga qishloq manzaralari, soddadil, keng fe’l odamlar qiyofasi ilhom baxsh etishi uning “Ostona”, “Kelish va ketish”, “Bolalik”, “Umr o‘tar”, “Qishloqdagi hayot”, “Dala tabiati”, “Qish go‘zalligi” “Bolalik”, “Devor”, “Anor”, “G‘ilon”, “Kuz”, “So‘qmoq”, “Chorvoq” kabi yuzlab asarlaridagi go‘zal tabiat manzaralarida ham namoyon bo‘lgan. 
Dilorom Mamedova ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati va ko‘rgazmalardagi muntazam ishtiroki uchun 2017 yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi. 

bugungi ko‘rgazmada rassomning ayol nafosati aks ettirilgan 80 dan ziyod ijod namunasi o‘rin olgan.

 


Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA