Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayol oila fayzi, jamiyat tayanchi
19:02 / 2022-10-07

Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida 15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri g‘allaorollik “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi xotin-qizlar uchun tashkil etildi.

Tadbir avvalida qishloqlarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar hayotidan hikoya qiluvchi “Qishloq javohirlari” filmi namoyish etildi. Tuman madaniyat bo‘limi qoshidagi madaniyat uyi havaskorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, Zomin tumani “Peshag‘or” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan tuman hokimi yordamchisi, MFY raisi, xotin-qizlar faollari “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan 20 nafar xotin-qizlarning xonadonida bo‘lib, ularning yashash sharoitini o‘rgandi.

Ta’kidlash joizki, og‘ir sharoitda yashovchi ayollarga hokim yordamchisi tavsiyasi bilan ajratilgan subsidiya mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich tikuv mashinalari olib berilmoqda. Bu ijtimoiy ahvoli og‘ir ayollarning qo‘shimcha daromad topishida muhim ahamiyat kasb etayotir. Shu kunlarda band bo‘lmagan jizzaxlik xotin-qizlarning ko‘pchiligi bugun paxta yig‘im-terimida ishtirok etib, oilaviy byudjetiga hissa qo‘shmoqda.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Mirzacho‘l tumani bo‘limi hamda tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari “O‘zbekiston” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi paxta dalalarida bo‘lib, qimmatbaho xom ashyoni yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmay yig‘ib-terib olishda o‘rnak bo‘layotgan qishloq xotin-qizlari bilan uchrashdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA