French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayol oʻgʻlining jinoyati uchun IIB xodimiga pora taklif qildi...
12:42 / 2020-08-29

Tadbir vaqtida fuqaro I. yashash uyidan nomaʼlum tomonga qochib ketgan.


Olingan tezkor maʼlumotga asosan 26-avgust kuni Samarqand tumani IIB JQB xodimlari fuqaro I.ning yashash uyi va yordamchi xoʻjaliklarida oʻtkazgan tintuv tadbiri davomida bir dona rangsiz sellofan boʻlakchasiga qadoqlangan, sof ogʻirligi 0.22 grammga teng “Gashish” giyohvandlik vositasini aniqlab, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Tadbir vaqtida fuqaro I. yashash uyidan nomaʼlum tomonga qochib ketgan.

Shu kuni soat 19:00 larda Samarqand tumani IIB xodimining oldiga oʻzini gumon qilinuvchi I.ning onasi deb tanishtirgan Z. kelib, oʻgʻlining xonadonidan giyohvandlik vositasi topilganligi, bu ishni pul evaziga ijobiy hal qilib berishni soʻragan.

IIB xodimi ayolga giyohvandlik vositalari bilan muomala qilish jinoyat ekanligi, bu holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilganligini, oʻgʻlini tergov harakatlariga jalb qilish uchun olib kelishini aytishiga qaramasdan, oʻgʻlining ishini hal qilib berishini, buning evaziga qoʻl barmoqlari yordamida uch raqamini koʻrsatib, 3.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni berishni taklif qilgan.

Xodim fuqaroning bu harakati noqonuniyligi, pora berish, olish, olish-berishda vositachilik qilish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramasdan fuqaro Z. 3000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni 27-avgust kuni soat 10:00 da olib kelishini aytib, chiqib ketgan.

Tuman IIB xodimi viloyat IIBga bildirgi bilan murojaat qilib, yuqoridagi holatni bayon qilgan.

Mazkur bildirgiga asosan, 2020-yil 27-avgust kuni IIV Oʻz xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati boʻyicha boʻlimi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Z. oʻgʻli I. tomonidan sodir etilgan jinoyat boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga IIB xodimiga xizmat xonasida 4000 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan Z.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati