Ayol – kuch, iroda va fidoyilik timsoli (+video)
Poytaxtimizdagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent Markaziy eko bog‘ida Milliy gvardiya tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida “Harbiy ayol – kuch, iroda va fidoyilik timsoli” mavzusida psixologik trening bo‘lib o‘tdi.
Trening davomida “Men-kim” metodikasi bo‘yicha tanishtiruv, shuningdek, “Ayol harbiyning jamiyat va xizmatdagi o‘rni” mavzusida trening ishtirokchilari bilan stress va qiyinchiliklarga bardosh berish usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Trening so‘ngida ishtirokchilar uchun Eko bog‘ hududi bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mashg‘ulotlar orqali tinglovchilar nafaqat o‘z bilimlarini boyitdi, balki pedagogik mahorati va qobiliyatlarini namoyon etishga muyassar bo‘ldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6HG-nH8N3mY" title="Ayol – kuch, iroda va fidoyilik timsoli" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>T.Ro‘ziyev,
X.Abrayqulova, A.Ahmedov( video), O‘zA