Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayol -jamiyat ko‘zgusi
11:47 / 2023-06-10

Buxoroda “Ayol - jamiyat ko‘zgusi” mavzusida keng ko‘lamli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Asosiy maqsad jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, milliy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib kilishdan iborat.  

Tadbirlar dastlab erta tongda “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostidagi velomarafon bilan boshlandi. O‘zi xos ayollar spartakiadasida 2 mingga yaqin sportsevar xotin-qizlar Buxoro xalqaro aeroportidan Bahouddin Naqshband ziyoratgohigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi. Yakunda finishga birinchi bo‘lib kelgan xotin-qizlar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tadbirlar doirasida Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Milliy liboslar – millat ko‘zgusi” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Unda kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va bugungi kundagi uyg‘unlashuvi, bu boradagi mavjud muammo va kamchiliklar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Mutaxassislar tomonidan ayollarning estetik did, kiyinish madaniyati yuzasidan milliylik bilan uyg‘unlashgan namunalarni, shuningdek, turli sohalarda ishlaydigan ayol xodimlarning, uy bekalarining jamoat joylari va uy ichida kiyiladigan liboslari bo‘yicha umume’tirof etilgan normalar bo‘yicha namunalar (eskizlar) taqdim etildi.  

[gallery-12285]

Bundan maqsad esa o‘zbek milliy urf-odat hamda qadriyatlarini targ‘ib etuvchi liboslarni ommaga taqdim etish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvatlashdan iborat.

Bugungi kunda aholining, shu jumladan, xotin-qizlarning qonunlarni bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirlar dasturiga ko‘ra xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning oliy ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlari va huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” viktorinalar tanlovi ham tashkil etildi.  

Unda ta’lim muassasalari fidoyilari, manfaatdor tashkilotlar vakillari va huquqshunoslardan iborat tarkibda ishtirok etgan jamoalar O‘zbekistan Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi “Xotin-kizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Qonunini qanchalik puxta o‘zlashtirganliklarini namoyish qildi.

Shuningdek, “Milliy liboslarda zamonaviy va an’anaviy qadriyatlar uyg‘unligi” mavzusida modalar namoyishi ham o‘tkazildi.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Feruza Ibragimova ishtirok etdi.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA