Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayol – jamiyat ko‘zgusi
18:48 / 2023-06-02

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida o‘tkazilgan tadbir shunday nomlandi. “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida faol xotin-qizlar ishtirokidagi velosport musobaqalari bilan boshlangan tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Musobaqa ishtirokchilariga tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shirin shahar Yoshlar markazida “Oqila ayollar” harakati a’zolari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, liboslar bo‘yicha mutaxassislar, lider xotin-qizlar ishtirokida “Milliy liboslar – millat ko‘zgusi” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Unda kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va bugungi kundagi uyg‘unlashuvi, bu boradagi mavjud muammo va kamchiliklar bo‘yicha ma’ruzalar tinglanadi.  

Konferensiyada so‘zga chiqqanlar ayollar, ayniqsa, yosh qizlar o‘rtasida milliy ruhdagi, mentalitetimizga xos kiyimlar andozasini targ‘ib qilish davr talabiga aylanayotganiga alohida urg‘u berdi. “Yoshlar markazi” sahnasida viloyatning barcha tuman-shaharlarida faoliyat yuritayotgan tikuvchi va dizaynerlarning milliylikni o‘zida aks ettirgan “Milliy liboslarda zamonaviy va an’anaviy qadriyatlar uyg‘unligi” mavzusida liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash orqali xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish, muvaffaqiyatli tadbirkor ayollarning tajribasini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan mahorat darslari tadbir ishtirokchilari uchun qiziqarli bo‘ldi. Ayniqsa, “Yurtimizning lider tadbirkor ayollari” shiori ostida “AslMed” xususiy tibbiyot klinikasi; “Do‘stlik” MFY dagi “Bravo shirinliklari” qandolatchilik korxonasiga uyushtirilgan biznes sayohatlar ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.  

Shirin shahar A.Temur MFYdagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida jamoalar o‘rtasidagi viktorinalar qiziqarli savollarga boy bo‘ldi. Tadbirga Sirdaryo viloyatining barcha tuman-shaharlaridan 300 nafar xotin-qizlar qamrab olindi.  

Shuhrat SUYAROV, 
O‘zA muxbiri.