Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayiq qafasiga tashlab yuborilgan qizga tegmagan ayiq ochiq tabiatga qo‘yib yuborilishi mumkin
17:01 / 2022-02-01

Toshkent hayvonot bog‘ida noma’lum sabablarga ko‘ra ona 3 yashar qizalog‘ini hayvonot bog‘ida parvarish qilib kelinayotgan "Zuzu" laqabli Kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i voleriga tashlab yuborgan edi.

Bu hodisada ayiq  insonlarga nisbatan darg‘azab bo‘lmay, vazmin yirtqich ekanligini yaqqol namoyon etgani bois Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Zuzuni ochiq tabiatga qo‘yib yuborishni so‘rashgan.

Bu haqda «Ekolog.uz» Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Mazkur so‘rovga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati kotibi Bunyod Abdullayev "Zuzu" Kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i bo‘lgani bois, o‘ziga juft topishi va ochiq tabiatga qanchalik moslashib keta olishi noma’lum ekanligi, shuningdek, mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda bu masala ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, kasalxonaga olib kelinishi bilan qizaloq Bolalar jarohatlari xirurgiyasi va neyroxirurgiyasi bo‘limiga joylangan va u yerda shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan. bugungi kunda qizaloq intensiv terapiya xonasiga o‘tkazilib, davo muolajalarini olishda davom etmoqda.

Davolovchi shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Sobir Nasimovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda qizaloq intensiv terapiya xonasida davolanmoqda. Uning holati turg‘un, deb baholanmoqda. Dinamikada nazorat ko‘rigi o‘tkazildi. Qizaloq kelajakda ushbu hodisa asoratlaridan aziyat chekmasligi uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Toshkent hayvonot bog‘i matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kelgusida qizaloq va uning akasiga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umr bepul kirish imkoniyati yaratib beriladi.

O‘zA