French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aydarkoʻlda kemalarning ahvoli qanday?
08:19 / 2020-06-21

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi – Jizzax va Navoiy viloyatlari hududidagi koʻllar boʻlib, Qizilqum choʻli sharqi, Chordara suv omboridan janubi-gʻarbda joylashgan Aydarkoʻl, Tuzkon va Sharqiy Arnasoy koʻllarini oʻz ichiga oladi.


Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi – Jizzax va Navoiy viloyatlari hududidagi koʻllar boʻlib, Qizilqum choʻli sharqi, Chordara suv omboridan janubi-gʻarbda joylashgan Aydarkoʻl, Tuzkon va Sharqiy Arnasoy koʻllarini oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekistonda ichki turizmni tiklash va rivojlantirishda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi koʻplab yangi loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli hudud hisoblanadi. Yoz mavsumida Aydarkoʻl qirgʻoqlari dam oluvchilar bilan toʻlib toshadi. Baliq mavsumida esa bu yerda koʻplab kichik hajmli kemalarni uchratish mumkin.

Oʻz navbatida, suv havzasida turli koʻngilsizliklarning oldini olish, fuqarolar va kemalarning xavfsiz suzishini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan suv yoʻllarining holati doimiy nazorat ostiga olingan. Xodimlar tomonidan suv transportlari belgilangan muddatlarda tegishli texnik koʻriklardan oʻtkazilib, sozligi muntazam ravishda tekshirib turiladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, joriy yilda ham 738 ta daryo transport vositasi roʻyxatga olinib, shundan 102 tasi texnik koʻrikdan oʻtkazildi.

Xabarda qayd etilishicha, dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazishda kemalarning yuk koʻtarish qobiliyati va yoʻlovchilar sigʻimi, dvigatel soni va ruxsat etilgan quvvati, yelkanlarning ruxsat etilgan maydoni, suzish joyi (qirgʻoqdan uzoqlashish), kemalar suzishi mumkin boʻlgan toʻlqin balandligi, suv usti borti, suvga botishi, qutqaruv vositalari va oʻt oʻchirgich, signal chiroqlari va navigatsiya uskunalari nazoratdan oʻtkazildi. Koʻrik natijalari boʻyicha oʻrnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi va bir nusxasi kema egalariga berildi.

Bu kabi profilaktik va texnik tadbirlar orqali suv havzasida nosoz kemalar harakatlanishini cheklab, roʻy berishi mumkin boʻlgan turli favqulodda vaziyatlarning oldi olinmoqda.