Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aydar-Arnasoy ko‘llari sohilida turizm rivojlanadi
10:49 / 2024-11-06

Mamlakatimiz turizm salohiyatini xalqaro maydonlarda keng targ‘ib qilish va turistik oqimni oshirish iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biridir. Turizm nafaqat mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida, balki O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ham o‘ziga xos moviy ko‘li, shifobaxsh balchiqlari, yovvoyi tabiati bilan ajralib turuvchi turizm maskanlardan biriga aylanmoqda.  

Shu bois, Aydar-Arnasoy ko‘llariga xorijiy investorlar hamda tadbirkorlarning qiziqishi tobora ortib, ko‘l bo‘yi sohilida zamonaviy kempinglar, sayyohlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘tov-mehmonxonalar va xostellar, suv transport xizmatlari, savdo-do‘konlari, sport maydonlari, bolalar uchun o‘yingohlarni ishga tushirish borasida bir qator yangi loyihalar taqdim etilmoqda.

[gallery-20204]

Kuni kecha Toshkent shahridan kelgan “Luna Park”, “GRAND KAPITAL”, “Murad Buildings”, “BI GROUP”, “PepsiCo” kabi yirik tadbirkorlar Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov bilan ko‘l bo‘yida uchrashib, eko va gastronomik turizmni rivojlantirish borasida muzokaralar olib bordi.

Mazkur uchrashuvda tadbirkorlar ko‘l bo‘yida “Golf klubi”, “Pepsi I ce”, mehmonxona va savdo xizmatlari, yopiq basseyn va restoranlar, suv havzasi, favvoralar, barlar va amfiteatr, “Oasis Garden” Alleya bog‘i, “AQUAMARINE” atraksionlari, plyaj sport maydonchalari, bolalar qum maydonchalari, umumiy ovqatlanish joylari kabi bir qator loyihalarni taqdim etdi.

Uchrashuv so‘nggida Aydar-Arnasoy ko‘llari  sohilida turizm ob’ektlarini barpo etish uchun taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari