Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” direksiyasi MCHJga aylandi
09:38 / 2022-07-27

Vazirlar Mahkamasining “Aydar – Arnasoy ko‘llar tizimi boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Suv vazirligi muassisligida “Aydar – Arnasoy ko‘llar tizimi”MCHJ tashkil etiladi.

Bu – Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidan samarali foydalanish, ekologik holatni yaxshilash, aholining baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, hududda hayvonot va o‘simlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, turizm salohiyatidan tizimli foydalanishni tashkil etish imkonini beradi.

Qarorga ko‘ra,  direksiya o‘rniga yangi tashkil etilgan MCHJ Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berishni tartibga soladi. Baliq ovlash xo‘jaliklarining tanlov taklifini ko‘rib chiqish bo‘yicha tanlov komissiyasi tarkibini belgilaydi hamda faoliyatini tashkil etadi. Shuningdek, tanlov o‘tkazilishi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berib borish orqali tizimdagi shaffoflikni ta’minlab boradi.

                                                                                                                                           

                                                                                            O‘zA