Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aydar-Arnasoy ko‘li atrofida ulkan bayroq yoyildi
11:16 / 2020-11-18

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kunning 29 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumani Navro‘z qo‘rg‘onidagi Aydar–Arnasoy ko‘li atrofida bir guruh yoshlar 90 ga 60 metrli O‘zbekiston bayrog‘ini keng quloch qilib yoyishdi.

Unda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarma boshlig‘i Dilmurod Xudoyshukurov boshchiligidagi  Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Arnasoy tuman kengashi, Milliy gvardiya hamda viloyat ekologiya boshqarmasi Arnasoy tuman inspeksiyasi xodimlari ishtirok etdi.