Ayatjan polvon jahon chempioniga aylandi
Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi.
Chempionatning yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlarida 63 kilogrammgacha vaznda hamyurtimiz Ayatjan Xalmaxonov armanistonlik Aleks Margaryanni mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylandi. Shuningdek, vazni 72 kilogramm bo‘lgan polvonimiz Ahmad Qodirov finalga qadar o‘tgan bahslarni o‘z foydasiga hal etib, kumush medal bilan taqdirlandi. 67 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar orasida Fayozbek Eshmirzayev va -82 kg. vazn toifasida Azimjon Soataliyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval erkin kurash bo‘yicha vazni 92 kilogrammgacha bo‘lgan polvonimiz Sherzod Poyonov oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, ayollar kurashida Nigina Sobirova -62 kg. vaznda bronza medali sohibiga aylangan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA