Ayako‘z va Fernanda Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida qilichbozlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda.
Qit’amizning Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hongkong, Qozog‘iston, Tailand, Hindiston, Eron va boshqa turli mamlakatlari qatori ushbu chempionatda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham katta tarkib bilan ishtirok etayotir. Musobaqaning yoshlar o‘rtasidagi sablya bo‘yicha yakkalik bahslarida yarim finalga qadar muvaffaqiyatli yetib borgan Ayako‘z Jumamuratova hamda Fernanda Errera bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuniga qadar davom etadigan Osiyo chempionatida musobaqa davom etmoqda. Umid qilamizki, qilichbozlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tayotgan musobaqada sportchilarimiz jamoaviy va boshqa dasturlarda ham shohsupaga ko‘tariladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA