Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axsikentda yana bir yangi topilma
17:37 / 2024-04-01

FOTOREPORTAJ

Namanganning ushbu mashhur qadimiy manzilida arxeologlar yangi yer osti inshootiga duch keldilar. Qazuv ishlari davom etgani sayin betakror yo‘lak va zinalar orqali yer qa’riga tushib borilmoqda.

Maydoni 100 gektarni tashkil etuvchi arxeologik yodgorlikning 11-qazuv obyektida aniqlangan topilma arxeolog olimlar tomonidan o‘rganilmoqda. 

[gallery-16705]

- Pishiq g‘ishtdan qurilgan, maxsus yo‘lak orqali zinalardan tushiladigan, arka shaklida qurilgan bu topilma juda yaxshi saqlangan. Zinalar orqali pastga tushadigan inshootlardan nima maqsadda foydalanishgan, albatta, buni atroflicha tatqiq qilish kerak. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, bu inshoot qimmatli narsalar yoki oziq-ovqat mahsulotlari saqlash xonalari bo‘lganini taxmin qilmoqdamiz. Aniq ma’lumotlar qazuv to‘la yakunlanganidan so‘ng beriladi, - deydi Axsikent Arxeologiya parki ilmiy xodimi, arxeolog Shukrullo Nasriddinov.

Hozirda qazish ishlari davom etmoqda. Yer osti xonasi to‘la ochilganidan so‘ng uning o‘lchamlariga aniqlik kiritiladi.

Axsikent arxeologiya yodgorligida 1979-yildan boshlab arxeolog olim Abdulhamid Anorboyev rahbarligida doimiy arxeologiya qazuv ishlari olib borilmoqda. Shu kungacha 24 ta qazuv obyekti o‘rganildi. X-XII asrlarga oid aholi turar joylari qoldiqlari, mudofaa inshootlari, irrigatsiya tizimi qurilish qoldiqlari shular jumlasidandir. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA