FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi professori Abdulhamid Anorboyev qariyb 3 ming yillik tarixga ega Axsikent yodgorligida ilmiy izlanishlar va arxeologik qazishmalarni amalga oshirib kelayotganiga qirq yildan oshdi. Olimning “Axsikent arxeologiya parki” kitob-albomini mana shu yillar davomida erishilgan natijalar, muallifning orzu va armonlaridan so‘zlovchi nodir xazinaga qiyoslash mumkin.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat markazida ushbu kitob-albomning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Olimlar va ijodkorlar, yoshlar vakillari jam bo‘lgan tadbirda tarixni tiklash, buyuk ajdodlar merosini o‘rganishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.
Taqdimot marosimida Axsikentning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi uch ming yillik kechmishi, qadimiy Farg‘onaning poytaxti sifatida o‘ziga xos madaniyat, hunarmandchilik, sanoat va ilm-fan markazi maqomidagi dovrug‘i va yillar mobaynida tabiiy silsilalar sabab tuproq ostida ko‘milib qolgan osori atiqalarni yuzaga chiqarish uchun qilinayotgan sa’y-harakatlar qayd etib o‘tildi. Tarix fanlari doktori Abdulhamid Anorboyevning uzoq yillik mehnati mahsuli bo‘lgan kitob-albomning Axsikent yodgorligini o‘rganishda muhim o‘rin tutishi e’tirof etildi.
[gallery-14638]
O‘zA fotomuxbiri Hotam MAMADALIEV olgan suratlar.