FOTOREPORTAJ
Xabaringiz bor, yaqinda Namanganda 1200-1500 yillik tarixga ega noyob tangalar topilgan edi. Ular ichida 475-600 yillarga mansub Sosoniylar kumush tangalari ham borligi jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.
[gallery-12598]
- Yana bir tanga mutaxassislar e’tiborini tortdi, ya’ni uning aversida arab yozuvi, reversida xitoy iyeroglifi mavjud, - deydi deydi Axsikent arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tatqiq etish direksiyasi ilmiy xodimi, arxeolog Shukrullo Nasridinov. - Qadimiy tangalarning birida esa olti qirrali yulduz va olti yaproqli gul zarb qilingan bo‘lib, u temuriy hukmdor, buyuk matematik va astronom olim Mirzo Ulug‘bek tomonidan kiritilgan belgilar hisoblanadi. Tanganing reversida “Samarqand”, “Adliyya” so‘zlari, hijriy 823 (1420 yil), 832 (1428 yil) yillari aks etgan. Shuningdek, bu noyob topilma orasida Xorazmshohlar davrida amalda bo‘lgan tangalar ham bor.
Ayni paytda olimlar tangalarning tasviri, yozuvlari va tarixini o‘rganmoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, hozirda Axsi osori-atiqalar muzeyida turli davrlarga oid mingdan ortiq tangalar saqlanmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA