Axmedov Zafar Kadirovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Kichik sanoat zonalarini tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish» mavzusida
Axmedov Zafar Kadirovichning 08.00.13 – «Menejment» ixtisosligi bo‘yicha «Kichik sanoat zonalarini tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish» mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/2025.27.12.I.01.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 20-fevral kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45-uy.
Tel/faks: (99871) 232-60-47; (99871) 239-17-83
e-mail: info@dsba.uz