Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axloqsiz harakatlarni sodir etgan narpaylik o‘quvchilar profilaktik hisobga olindi, ota-onalarga chora ko‘rildi
12:13 / 2021-02-10

Joriy yilning 7 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari tomonidan nojo‘ya so‘zlar aytilib, darslik va o‘quv sumkasini otganligi aks etgan videotasvir tarqaldi.

Xalq ta’limi vazirining nazorat-huquqiy xizmati tomonidan mazkur holat o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu xatti-harakatlar Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 17-maktabning 11-"A" sinfi o‘quvchilari tomonidan suratga olingan.  

Holat Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, tuman hokimligi, voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo komissiyasi, IIB hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilindi.

Boshqarma axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsizligi, ularning qilgan ahloqsizligi uchun barchadan uzr so‘radi.  

Ota-onalarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga ko‘ra qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi, o‘quvchilar profilaktik hisobga olindi.