Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axios Trampga saylov oldidan eng ko‘p takrorlagan va’dalarini eslatdi
13:47 / 2024-12-29

AQSH saylangan Prezidenti Donald Tramp rahbarligining birinchi kunida amalga oshirmoqchi bo‘lgan va’dalar orasida eng ko‘p Rossiya - Ukraina mojaroni hal qilish, ikkinchi o‘rinda chegaralarni yopish tilga olingan, deb yozdi "Axios" portali.

Darvoqe, Tramp Ukrainadagi mojaroni muzokara yo‘li bilan, hatto bir kunda hal qila olishini bir necha bor ta’kidlagan.

RF esa ushbu bayonotga izoh berib, bu bir kunda hal qilib bo‘lmaydigan juda murakkab muammoligini ta’kidlagan.

Nashr Trampning 2023 yil 1 yanvardan 2024 yil 6 dekabrgacha bo‘lgan davrdagi 122 bayonoti, matbuot anjumani va intervyusini tahlil qildi. Ma’lum bo‘lishicha, bo‘lajak rahbar Ukraina mavzusida 33 marta chiqish qilgan. Keyin AQSH chegaralarini yopish rejasi (32 eslatma) va noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish (25 marta) masalalari eng ko‘p tilga olingan.

Endi esa mazkur murakkab masalalar bo‘yicha bayonot avvalgidek ko‘p yangramayapti. Tramp so‘nggi payt masala murakkabligini tan olib, lavozimga kirishganidan so‘ng 24 soat ichida Ukraina mojarosini hal qilish haqidagi avvalgi bayonotini eslashga uncha ishtiyoq bildirmay qo‘ygan. Bu holat, tabiiyki, uning siyosiy nufuziga soya tashlashi mumkin.