English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axios: AQSH va Rossiya Ukraina bo‘yicha maxfiy reja tuzmoqda
19:56 / 2025-11-19

“Axios” nashri AQSH va Rossiya o‘rtasida Ukraina bilan mojaroni hal etishga qaratilgan maxfiy muzokara olib borilayotganini ma’lum qildi. Tegishli manbalarga ko‘ra, tomonlar 28 banddan iborat yangi tashabbusni muhokama qilmoqda.

Hujjat Ukrainada tinchlikka erishish, xavfsizlik kafolati, Yevropada umumiy muhit hamda Vashingtonning Moskva va Kiyev bilan kelgusi munosabatlari kabi to‘rt asosiy yo‘nalishni qamrab oladi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu masala bo‘yicha barcha ishlarni Prezident Donald Tramp ma’muriyatining maxsus vakili Stiven Uitkoff muvofiqlashtirmoqda. U hujjat yuzasidan RF Prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan bir necha marta uchrashgani ham qayd etilgan.

Shuningdek, Dmitriyev 24-26 oktyabr kunlari Uitkoff va Tramp ma’muriyatining boshqa vakillari bilan muloqot qilganini tasdiqlagan.

– Uitkoff bilan samarali uch kunlik uchrashuvda tinchlik, savdo va iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi, – deb yozgan siyosatchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Yaqin kunlarda ijobiy siljish kutilyapti.

Shu bilan birga kecha Dmitriyev AQSH va Rossiya o‘rtasida Ukraina bilan navbatdagi mahkumlar almashinuvi imkoniyati ham ko‘tarilganini bildirgan.

Xabarlar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hududiy masala muhokama qilinganiga oid ma’lumot mavjud emasligidan darak beradi.

D.Hakimov, O‘zA