Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot xizmatlari faoliyatida zamonaviy yondashuvlar
09:51 / 2021-12-25

Toshkentda “Ommaviy axborot vositalari va axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy media trendlar” mavzusida jurnalist va blogerlar, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.

  
O‘quv kurslari birinchi kunida axborot olish, qayta ishlash va tarqatishda jurnalistlarning huquq va majburiyatlari, OAVda shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish va uni tarqatish, axborot tarqatishda haqqoniylikni ta’minlash, faktcheking va OAVning jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi ishtiroki kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Ikkinchi kun davomida esa davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati xodimlari uchun Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, huquqshunos ekspertlari trenerlik qildi.

Muloqotda davlat organlarining ochiqlik va shaffofligini ta’minlashda axborot xizmatining o‘rni, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik va OAV bilan hamkorlikning ahamiyati hamda “Inqirozli kommunikatsiya: ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga javob berish” kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Bu kabi o‘quv kurslari jurnalist va blogerlar, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati xodimlariga huquq sohasiga oid ma’lumotlardan foydalanishda nimalarga e’tibor berish kerakligi bo‘yicha bilimlarini oshishiga xizmat qiladi.

Adliya vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi