Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy PR yondashuvlar
11:11 / 2021-02-12

Mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan hududlardagi matbuot kotiblarining media-savodxonligini oshirish maqsadida o‘quv-seminar treningi tashkil etildi.  

«Axborot xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy PR yondashuvlar» mavzuidagi o‘quv-seminarga ishtirokchilarning sohaga oid bilimini yanada oshirish va o‘zaro tajriba almashishi maqsadida xalqaro sertifikatga ega trenerlar taklif etildi.  

Mashg‘ulotlar «Ijtimoiy tarmoqlar uchun media-matn tayyorlashda onlayn instrumentlardan foydalanish», «Maqsadli auditoriyani aniqlash va u bilan ishlash usullari» «PR materiallar tayyorlash», «Matbuot kotibi, tashkilot rahbarining individual imiji va korporativ imij komponentlari», «OAV uchun materiallar tayyorlash», «Zamonaviy media muhitida krizis kommunikatsiyalar va ularni boshqarish» mavzularida olib borildi.  

– Axborot xizmati xodimlarining faoliyati uchun qulay sharoit yaratish, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazishlarini ta’minlash maqsadida uyushtirilayotgan bu kabi treninglar sohada mavjud yutuq va kamchiliklarni ommaga o‘z vaqtida yetkazishga turtki bo‘ladi, – deydi Vazirlik axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva.