Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot xavfsizligi bo‘yicha kursantlar bilimi sinovdan o‘tkazildi
14:43 / 2022-11-08

O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasida kursantlar o‘rtasida «Axborot xavfsizligi bilimdonlari» mavzuidagi viktorina bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning bilim saviyasini oshirish, axborot xavfsizligiga oid qobiliyatini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda 3-bosqichda ta’lim olayotgan kursantlardan iborat 7 ta jamoa «Axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashishda uchrayotgan muammoli vaziyatlarni ko‘rsatish», «Tezkor savol-javob» hamda «Kompyuter yordamida amaliy topshiriqlarni bajarish» shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.  

Jamoalarning chiqishlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi, IIV Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotlarni himoyalash boshqarmasi mutaxassislari, shuningdek akademiyaning Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan baholab borildi.  

Bellashuv yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, bir guruh yoshlar «Eng faol ishtirokchi» va «Eng kreativ ishtirokchi» nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.  

 

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA