Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida uchrashuv
20:39 / 2021-05-25

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) saylovlar bo‘yicha katta maslahatchisi A.Gromov boshchiligidagi Ehtiyojlarni baholash missiyasi 25 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oleg Pekos mehmonlarga vazirlik faoliyatining yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi.

Suhbat chog‘ida missiya ishtirokchilariga saylovlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga hamda saylovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy etish doirasida atroflicha ma’lumotlar berildi.