Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot olish, qayta ishlash va tarqatishda jurnalistlarning huquq va majburiyatlari
17:57 / 2021-12-24

Toshkentda “OAV faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy media trendlar” mavzusida jurnalist va blogerlar, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.

Ushbu kurslar orqali ishtirokchilarning malakasi va mazkur sohadagi huquqiy ko‘nikmalari oshirildi.

O‘quv kurslari Adliya vazirligi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Kurslarda Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari, huquqshunos ekspertlari trenerlik qildi.

O‘quv kurslarida 30 dan ortiq jurnalistlar va OAV vakillari oflayn tarzda qatnashgan bo‘lsa, 80 dan ortiq jurnalistlar esa hududlardan onlayn bog‘landi.

Muloqotda axborot olish, qayta ishlash va tarqatishda jurnalistlarning huquq va majburiyatlari, OAVda shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish va uni tarqatish, axborot tarqatishda haqqoniylikni ta’minlash, faktcheking va OAVning jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi ishtiroki kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Ma’lumot uchun, Adliya vazirligi bu kabi o‘quv kurslari faoliyatini doimiy ravishda yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Xususan, joriy yil 31 martdan 2 aprelgacha Adliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan hamkorlikda butun respublika bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilindi. Natijada 395 nafar huquqiy mavzularni yoritadigan jurnalistlar, axborot xizmatlari rahbar va xodimlarning malakasi oshirildi.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

O‘zA