Axborot manipulyatsiyasi va ijtimoiy tarmoqlarga bog‘liqlikning yoshlar madaniy kamolotiga ta’siri
Asomiddin Kurbonkulovich XUDAYBERDIYEV dotsent Falsafa fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Toshkent davlat tibbiyot universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli jamiyat sharoitida axborot manipulyatsiyasi va ijtimoiy tarmoqlarga bog‘liqlikning yoshlar madaniy kamolotiga ko‘rsatayotgan ta’siri ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Unda virtual muhitning psixologik ta’siri va axborot manipulyatsiyasi yashirin mexanizmlarining yoshlarning axloqiy, estetik va madaniy rivojlanishiga salbiy ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, mediasavodxonlik va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish orqali yoshlarning madaniy immunitetini mustahkamlash zarurligi asoslangan.
Tayanch so‘zlar: axborot manipulyatsiyasi, ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar, madaniy kamolot, ommaviy madaniyat, media savodxonlik, tanqidiy tafakkur.