Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot kutubxona va axborot resurs markazlarini raqamlashtirish qay darajada muhim? (+video)
15:52 / 2024-01-06

So‘nggi yillarda mamlakatimizda turli sohalarni raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bundan axborot resurslari markazlari ham chetda qolayotgani yo‘q. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi axborot resurs markazlari faoliyatini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i Mahmudjon Mamarasulov bilan suhbatlashdik.

– Bugungi kunda bilamizki, axborot resurs markazlari va axborot kutubxonalari faoliyati keng yo‘lga qo‘yildi. Ularni raqamlashtirish yo‘nalishida ham islohotlar amalga oshirilmoqda. Avvalo axborot resurs markazi va axborot kutubxona tushunchasiga va farqli jihatlariga to‘xtalsangiz?..  

– Axborot kutubxona markazlari milliy kutubxona tizimidagi axborot kutubxona markazlari hisoblanadi. Chunki bular keng jamoatchilik foydalanishlari uchun tashkil qilingan. Bundan xalqimiz foydalanishlari mumkin. Axborot resurslari markazlari esa har bir oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan. 

Axborot resurs markazlarida professor o‘qituvchilar, talabalar, tadqiqotchilar foydalanishi mumkin. Respublikamiz bo‘yicha 116 ta davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lsa, shundan 113 tasida axborot resurs markazlari mavjud. Qolgan yangi tashkil qilingan 3 ta oliy ta’lim muassasamizda axborot resurs markazini tashkil etish bo‘yicha hozirgi kunda ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

– Axborot resurs markazlarini raqamlashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar qanday?  

– Muhtaram Prezidentimizning 2022 yildagi 60-sonli qaroriga asosan oliy ta’lim tizimida kitoblar o‘quv va ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha elektron kutubxona platformasini joriy qilish topshirig‘i berilgan. Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan ushbu platforma ishlab chiqarilib, bugungi kunda butun bir respublika bo‘yicha oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud 400 000 dan oshiq o‘quv va ilmiy adabiyotlarni ushbu platformaga joylab, respublikamizdagi barcha talabalar foydalanuvchilar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar uchun sharoit yaratilgan. Ular o‘zlarini elektron pochtasi orqali ro‘yxatdan o‘tadi, keyin umumiy elektron kutubxona platforma bazamizdagi adabiyotlarni elektron shaklda o‘qishlari mumkin, ko‘chirib olishlari mumkin. 

Uch xil shakldagi adabiyotlar bor. Ochiq holatdagi adabiyotlar, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, qisman ochiq va yopiq holatdagi. Xabaringiz bor, mualliflik huquqi masalasi hamisha muhim hisoblanadi. Mualliflaridan ruxsat olinmagan adabiyotlarni yopiq holatda kiritganmiz, ochiq holatdagini foydalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizning kutubxona platformamizdan yuklab olishlari mumkin. Qisman ochiq adabiyotlar yarmigacha joylangan. Uni elektron shaklini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qish mumkin, lekin yuklab olishda so‘rov yuboriladi. So‘rovga javob bo‘lsa, undan keyin yuklab olish mumkin. Yopiq adabiyotlarimizda oliy ta’lim muassasasiga so‘rov yuboriladi, u so‘rovdan keyin oliy ta’lim muassasasi agar ruxsat bersa, yuklash imkoniyati paydo bo‘ladi. 

– Savol tug‘iladi: mualliflar adabiyotlari nega yopiq holda bo‘lishi mumkin?  
– Mualliflik huquqi belgilangan adabiyotlarimiz bor. Adabiyotlar nashriyotlarda chop etiladi. Muallif bilan nashriyot o‘rtasida shartnoma tuzilgach, shu asosida uning qilingan xarajatlarini chiqarib olish uchun ma’lum bir summa qo‘yiladi. Shu bois o‘sha summani chiqarib olmaguncha foydalanuvchilar uchun adabiyotlardan tekinga foydalanish imkoni berilmaydi. 

Suhbatning davomini quyidagi ilova orqali ko‘rishingiz mumkin. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rk4j86xcafw" title="Axborot kutubxona va axborot resurs markazlarini raqamlashtirish qay darajada muhim?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA