French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot-kutubxona haftaligi
16:23 / 2025-11-12

Respublikamizda 10 noyabrdan 14 noyabrgacha “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” o‘n to‘rtinchi Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilmoqda.

Urganch shahridagi Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazida “Yangi O‘zbekiston kutubxonachilari – sun’iy intellekt orqali yuksak marralar sari” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlar, talabalar, o‘quvchilar,  kitobsevar yurtdoshlarimiz va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.  

[gallery-26202]

Marosimda so‘z olganlar haftalikning o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad haqida gapirib, ta’kidlashdiki, mamlakatimizda, shu jumladan, viloyatda kitob mutoalasini targ‘ib etish borasida bir qator amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Haftalik davomida ham o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari keng ommalashadi. Shu orqali viloyatda kitobxonlik, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish ham rivojlanadi.  

–Haftalik doirasida Najmiddin Kubroning ilmiy va ijodiy faoliyati, Komil Xorazmiy tavalludining 200 yilligi, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1020 yilligiga bag‘ishlangan anjumanlar, shuningdek, Xorazm maqomlari tahlili, yosh nosir va qalamkashlarning yangi asarlari taqdimoti va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, – deydi  viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Rahimboy Qurbonov. – Haftalik davomida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuvlar, mushoira, adabiy-badiiy kechalar, kitob taqdimotlari, davra suhbatlari va boshqa turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Haftalikning ilk kunlarida qalamkash va rassom Feruza Bakiyevaning  “Bir siqim tuproq” va “Ikkinchi yurak” kitoblarining taqdimoti, yosh nosir Komronbek Do‘schonovning “Qalbimda yasha” romanining muhokamalari ham bo‘lib o‘tdi.  

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari