Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axbor Imomxo‘jayev turnirida O‘FF va MOQ jamoalari guruh peshqadami
10:44 / 2025-09-18

Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi stadionida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo‘jayev xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan an’anaviy futbol turnirining 2-tur o‘yinlari ortda qoldi.

Kecha turnirning 2-turida A” guruhida “Paxtakor” jamoasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi(O‘FA) vakillarini 4:2 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, O‘zbekiston futzal federatsiyasi(O‘FF) jamoasi Sport-TVni 7:0 ko‘rinishida mag‘lubiyatga uchratdi. “Sulola” va “Markaziy sektor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda 2:2 holatida murosa yo‘li tanlandi.

[gallery-25345]

“B” guruhida Milliy olimpiya qo‘mitasi futbolchilari “Championat.asia” sayti darvozasiga javobsiz beshta to‘p yo‘lladi- – 5:0. “Sports.uz” jamoasi “O‘zPFL” vakillarini 3:1, “Bunyodkor” “Tong”ni 8:2 hisobida taslim etdi.

3-tur o‘yinlari ostonasida “A” guruhida O‘zbekiston futzal federatsiyasi, “B” guruhida Milliy olimpiya qo‘mitasi jamoalari 6 ochko bilan to‘plar nisbatiga ko‘ra, peshqadamlik qilmoqda. Ularni o‘z guruhlarida “Paxtakor” va “Bunyodkor” taqib etmoqda.

Turnirning navbatdagi 3-tur o‘yinlari 23-24 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev,

A.Mamadaminov(foto), O‘zA